Namanganlik ixtirochi zuvala tayyorlash uskunasini yaratdi

10:08 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
131 0

Foto: Qudratilla Najmiddinov / Xalq so'zi

Namangan shahrida yashovchi 35 yoshli Muhammadjon Akramov qoʻl mehnatini yengillashtiradigan koʻplab texnik ixtirolar muallifi. Uning navbatdagi innovatsion ishlanmasi novvoylar ish unumini yetti barobar oshirishi bilan qimmatlidir. Xamir qorib, kesib, chekib, nonni tandirga yopishga tayyor qilib beradigan texnologik uskuna yordamida soatiga yetti yuzta zuvala yasash mumkin. Hozirgi kunda ushbu uskuna Namangan shahrining Zarbdor va Goʻzal mahallalaridagi novvoyxonalarda qoʻllanilmoqda.

Bu qurilma ustida yetti oy ishladim, ayni paytda uni yanada mukammalashtirishga harakat qilyapman, - deydi ixtirochi.

Darvoqe, mualliflik huquqini patentlash jarayoni yakunlanayotgan ixtiroga xitoylik kompaniyalar qiziqish bildirib, Muhammadjonni hamkorlikka taklif etishdi.

 

Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?