Namangandagi tadbirkorlik subyektiga hisoblangan katta miqdordagi qoʻshimcha soliq bekor qilindi

Foto: Illustrativ surat
Namangan shahrida faoliyat yurituvchi “Qurilish N” (nomi oʻzgartirilgan) masʼuliyati cheklangan jamiyati soliq toʻlovi boʻyicha kutilmagan holatga tushib qoldi. Gap shundaki, mazkur subyekt faoliyatida Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan soliq auditi tekshiruvi oʻtkazilib, natijasiga koʻra, 2 milliard soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblangan.
Oʻz huquqini yaxshi bilgan rahbar bunday paytda shoshib qolmaydi, balki masalaga qonuniy yondashgan holda aniqlik kiritishga harakat qiladi. MCHJ mutasaddisi soliq organining jamiyatga qoʻshimcha soliq hisoblash haqidagi qarorini bekor qilish yuzasidan tegishli idoraga murojaat qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, uning arizasi Namangan tumanlararo maʼmuriy sudida koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni masʼul xodimlari jamiyat manfaatlarini himoya qilib ishtirok etishadi.
Natija qanday boʻldi, dersiz. Jarayonda soliq organi tomonidan jamiyat faoliyatini tekshirishdan avval tekshirishlarni nazorat qiluvchi vakolatli organ xabardor qilinmagani va qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmagani oʻz tasdigʻini topdi va sud oʻz soʻzini aytdi: Namangan viloyat davlat soliq boshqarmasining “Qurilish N” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2 milliard soʻmdan ortiq qoʻshimcha soliq hisoblash haqidagi qarori haqiqiy emas.
Shu tariqa yana bir tadbirkorning qonuniy manfaatlari munosib himoya qilindi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring