Namangandagi qamoqxonada mahkum oʻz joniga qasd qildi

Namanganda jazo muddatini oʻtayotgan mahkum qamoqxonada oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.
Unga koʻra, joriy yilning 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum Sh.S. oʻz joniga qasd qilgan.
Marhumning onasi oʻgʻlining tanasida qiynoq izlari borligi, u 11-may kuni uyiga qoʻngʻiroq qilib, qamoqxonada unga azob berishayotgani haqida aytganini taʼkidladi. Qolgan oila aʼzolari ham marhumning oʻz joniga qasd qilishiga ishonmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring