Namangandagi Prezident maktabi bitiruvchilari 10 million AQSH dollaridan koʻproq grant mablagʻlarini qoʻlga kiritdi

Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyatidagi Prezident maktabi bitiruvchilari uchun “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbiri tashkil etildi.
Tantanali marosimda taʼlim dargohi oʻquvchilarining fan asoslarini oʻzlashtirishdagi yutuq va muvaffaqiyatlari faxr bilan tilga olindi. Eng quvonarlisi, bitiruvchilarning barchasi jahon va Oʻzbekistonning nufuzli oliygohlari hamda ularning filiallariga oʻqishga qabul qilindilar. Boʻlajak talabalarning aksariyati grant asosida tahsil olishadi. Bunday yorqin natijalar zamirida esa katta tajribaga ega boʻlgan muallimlarning fidoyi mehnatiyu tirishqoq oʻquvchilarning intilishlari mujassam.
Xususan, 22 nafar bitiruvchining barchasi IELTS imtihonlarida yuqori natijalarga erishdi va 10 million 500 ming AQSH dollaridan ortiq grant mablagʻlarini qoʻlga kiritdi. 4 nafar yigit-qiz “El-yurt umidi” jamgʻarmasi davlat granti sohibiga aylandi.
— «El –yurt umidi» jamgʻarmasi granti orzularim ushalishida mustahkam poydevor boʻladi, - deydi bitiruvchi Javohir Isayev. — Chunki oʻzim tanlagan xorijiy oliy oʻquv yurtining taʼlim kontrakti va butun oʻqish davridagi asosiy xarajatlarim davlat tomonidan qoplab beriladi.
Yana bir bitiruvchi Saidakbar Xusanov ham yuqoridagi jamgʻarma grantini olgan. Sinfdoshi Javohir ikkalasi iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy taʼlimni okean ortida davom ettirishmoqchi. Rahimjon Rahimjonov esa Toshkentdagi «Akfa» universitetining yuz foizlik granti egasi boʻldi. Oʻquvchilar orasida 15-16 tadan OTMga kirish xuquqiga muyassar boʻlganlar anchagina.
Bularning bari pirovardida yurtimiz taʼlim tizimida qisqa muddatda chuqur tarkibiy va sifat oʻzgarishlari yuz berganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring