Namangandagi oilada bir yoʻla uch qizaloq dunyoga keldi

18:03 31 Avgust 2021 Jamiyat
801 0

Mustaqillik bayrami arafasida Namangan viloyat perinatal markazida bir yoʻla uch chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Norin tumanining Norinkapa kishlogʻida yashovchi Raʼnoxon Salamovaning qizaloqlarining vazni 2-2,5 kg atrofida. Egizaklar sogʻlom va baquvvat tugʻilgani aytilmoqda.

Oila aʼzolari bu xushxabarni istiqlol ayyomi bilan qoʻshaloq shodiyona sifatida nishonlamoqdalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?