Namangandagi mudhish YTHda 6 kishi yonib ketdi. Qurbonlarning 3 nafari bolalar

16-dekabr kuni soat 16:30larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, I.Karimov-Istiqlol koʻchalari kesishgan “Fazo” chorrahasida haydovchi, 1974-yilda tugʻilgan A.A. “Man” rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib chorrahadan oʻtayotgan, haydovchi, 1978-yilda tugʻilgan N.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
Toʻqnashuv natijasida “Neksiya” rusumli avtomobildagi er-xotin va ularning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi xamda yoʻlovchilar 34 yoshli ayol va uning farzandi hodisa joyida yonib ketib, vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring