Namangandagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Joriy 12-dekabr kuni soat 8:40 larda Baliqchi-Jomashuy-Pungon yoʻlining Ingichka MFY hududida 1991-yilda tugʻilgan fuqaro ZIL-130 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketib, shu yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan fuqaroni ishonch qogʻozi orqali boshqaruvida boʻlgan Neksiya-1 rusumli avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Natijada Neksiya rusumli avtomashinada boʻlgan yoʻlovchi ayol voqea joyida vafot etgan.
Yana bir nafar yoʻlovchi va haydovchi ogʻir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etganlar.
Qolgan ikki nafar yoʻlovchi ayollar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat boʻyicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020-yil 12-dekabr kuni Oʻz.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring