Namanganda yosh bokschilar fleshmob oʻtkazdi
Viloyat markazidagi «Uch favvora» xiyobonida tashkil etilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida tadbirga asosan viloyatda boks sport turi boʻyicha shugʻullanayotgan yoshlar va ularning ixlosmandlari yigʻildilar.
Aytish lozimki, bugungi kunda viloyatda mazkur yoʻnalishi boʻyicha 100 dan ortiq trener faoliyat olib bormoqda. Ulardan mahorat sabogʻini olayotgan yoshlar soni esa 3000 nafarga yaqinlashib qoldi. Aholi,xususan, kelajagimiz egalarini ommaviy sportga jalb etish maqsadida tashkil etilgan fleshmobga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi barcha sport va taʼlim muassasalari boks seksiyalarining 800 nafarga yaqin sportchi va trenerlari kelishdi.
Tadbirda viloyat hokimining turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi Botirjon Nuriddinov soʻzga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan alohida eʼtibor, unga javoban viloyat sportchilarining nufuzli musobaqalardagi natijalari, xususan, kuni kecha "Xumo" arenada boʻlib oʻtgan boks kechasida Namanganning mard oʻgʻloni Murodjon Ahmadaliyev qoʻlga kiritgan olamshumul gʻalabaga toʻxtalib oʻtdi. Yosh bokschilar Murodjonning yutugʻini oʻzlarining koʻrgazmali chiqishlari bilan olqishlashdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring