Namanganda yangi choy qadoqlash markazi ishga tushirildi

10:53 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
370 0

Foto: Xalq so‘zi

Isteʼmol bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan choy mahsulotlari endi Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ham qadoqlana boshlaydi. Ayni imkoniyat tumanning “Orzu” MFY hududida ixtisoslashtirilgan markaz barpo etilishi bilan yuzaga keldi. Korxona oyiga 300 tonnadan yil davomida 3,5 ming tonnaga yetkazib yuqori sifatli choy navlarini qadoqlash quvvatlari bilan jihozlangan. Mahsulot Oolong tea brendi ostida savdoga chiqariladi.

— Oziq-ovqat bozorini kundalik zarur mahsulot bilan toʻldirishga hissa qoʻshish maqsadida amalga oshirilgan loyiha ijrosi uchun 12 milliard soʻm sarmoya yoʻnaltirildi, — deydi «Orxideya» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Vohidjon Ataxanov. — Bu bilan mahalla yoshlaridan 65 nafariga doimiy ish oʻrinlari ham yuzaga keldi.

Kecha tantanali taqdimoti tashkil etilgan yangi korxona mahsulotlarining dastlabki bosqichdanoq mahalliy bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan. Yaqin vaqt ichida tashqi savdo amaliyotini ham yoʻlga qoʻyib, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston davlatlari bilan eksport aloqasini oʻrnatish koʻzda tutilgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?