Namanganda rulda uxlab qolgan haydovchi YTH uchrab, halok boʻldi

Namangan viloyati Pop tumanida 29-may kuni “Nexia” doʻnglikka urilishi oqibatida haydovchi voqea joyida halok boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa joriy yilning 29-may kuni soat 04:20 da Toshkent-Oʻsh A373 avtomobil yoʻlining 1-kilometrida boʻlgan. Samarqand viloyatidan kelayotgan “Nexia” rusumli mashina ichida 4 nafar fuqarosi bilan yoʻnalish boʻylab harakatlanib kelayotgan vaqtida yoʻlovchilarning ogohlantirishiga qaramasdan haydovchi uxlab qolgan. Natijada mashina yoʻl chetidagi doʻnglikka urilgan va haydovchi voqea joyida halok boʻlgan.
Yoʻlovchilar haydovchining tanishlari boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring