Namanganda “Qurʼoni Karim” kitobining qoʻlyozma nusxasi oʻgʻirlandi

20:30 15 Avgust 2022 Jamiyat
609 0

2022-yilning 9-avgust kunidan 10-avgust kuniga oʻtar kechasi soat 00:04larda nomaʼlum shaxslar Chortoq tumani Baliqkoʻl MFYda joylashgan «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohida mavjud boʻlgan “Qurʼoni Karim” kitobining qoʻlyozma nusxasini oʻgʻirlab, nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v»,«g» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlarining natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etamiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?