Namanganda poyezd bilan Gentra ishtirokidagi YTH sodir boʻldi

29-dekabr kuni Andijon-Toshkent temir yoʻl oraligʻidagi Pop tumani Margʻizor MFY hududidan oʻtgan qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasida YTH sodir boʻldi.
Xabarga koʻra, Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi Andijon-Namangan-Toshkent shaharlararo qatnovchi, yoʻlovchi poyezdini boshqarib ketayotgan vaqtida Gentra rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
Maʼlum qilinishicha, Pop tumanida yashovchi, 2003-yilda tugʻilgan fuqaro Gentra rusumli avtomashinasida toʻxtash belgisiga amal qilmay harakatlanganligi uchun avtomashinaning oʻng yon qismiga poyezd kelib urilgan.
Natijada, Gentra rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Ushbu xolat boʻyicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 29-dekabr kuni Oʻz.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring