Namanganda oynaga ishlov beriladi

09:35 19 Avgust 2021 Jamiyat
218 0

Foto: Muhiddin Magʻzumov

Viloyat markazidagi “Yuksalish” kichik sanoat hududida navbatdagi loyiha nihoyasiga yetkazilmoqda. U oynaga ishlov berish va oyna mahsulotlarini qayta ishlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, “Glass expo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotir.

Bu yerda qurilish va maishiy sohada foydalaniladigan pishiq va bezakli oynalar tayyor holga keltiriladi. Loyiha ijrosi uchun 1,5 million AQSH dollariga teng sarmoya kiritilib, Xitoy va Italiyadan keltirilgan zamonaviy texnologiya oʻrnatildi. Ular yordamida yiliga 11 milliard soʻmlikdan ziyod yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin.Korxona toʻla quvvat bilan ishga tushgach, 100 kishi mehnat joyiga ega boʻladi.

2,5 gektar maydonni egallagan yangi ishlab chiqarish subyektida ayni paytda texnologik uskunalarni sinov sozlash jarayonlari olib borilmoqda. “Glass expo” eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz arafasida foydalanishga topshiriladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?