Namanganda nogironligi bor yoshlarga elektron yuritmali aravachalar topshirildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, ayniqsa e’tiborga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar fuqarolarning davlat g‘amxo‘rligini his etib, hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga imkoniyat yaratmoqda. Kecha Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Yangiqo‘rg‘on tumanida imkoniyati cheklangan 7 nafar yosh bilan uchrashib, ularga so‘nggi rusumdagi elektron yuritmali nogironlar aravachalarini topshirgan chog‘da to‘planganlar bunga yana bir bor amin bo‘ldilar.

- 19 yoshli o‘g‘lim Abdumajid oyog‘ida rivojlangan kasallik sabab 7 yildan beri deyarli harakatdan qolgandi. Unga berilgan oddiy aravachani boshqarishda esa qiynalardi. Mana, bugun yaxshi insonlar ko‘magi bilan uyimizga o‘zi yurar aravachani olib kelishdi. Unga o‘tirib hovlini aylangan paytda farzandimning ko‘zi quvonchdan chaqnab ketganini ko‘rsangiz edi . Endi bolajonim ko‘cha-kuyga bemalol chiqib, ko‘pchilik bilan ko‘rishadi, kayfiyati ko‘tarilib, dardlari unutiladi, - deydi Zarkent mahallasida yashovchi Abdulaziz Hakimjonov.
Ma’lumot o‘rnida: shu kunlarda viloyat bo‘yicha hammasi bo‘lib 100 ta elektron yuritmali nogironlar aravachasi tarqatilmoqda. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mablag‘lari hisobiga harid qilingan ushbu vositalar "Mahalla" xayriya jamoat fondi hamkorligida o‘z egalariga topshirilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring