Namanganda nafosat malikalari oʻzaro bahslashmoqda

20:06 30 May 2021 Sport
919 0

Shu kunlarda Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda 60-bor oʻtkazilayotgan anʼanaviy Xalqaro gullar festivaliga bagʻishlab badiiy gimnastika boʻyicha birinchi “East cup” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamda Xalqaro sport klublari assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada avvalo qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularning gimnastikaga boʻlgan qiziqishni oshirish, xalqaro sport munosabatlarini rivojlantirish, murabbiy va sportchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish maqsad qilingan.

Sportning nafis turi boʻlmish badiiy gimnastika boʻyicha Namanganda ilk marotaba tashkil etilayotgan xalqaro darajadagi mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlari, qolaversa qoʻshni Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 300 nafardan ziyod sportchi qizlar ishtirok etmoqda.

Nafosat, goʻzallik, joziba va nozik xatti-harakatlarni oʻzida aks etgan bahslarda 2002-2017-yillarda tavallud topgan qizlar turli yosh toifalarida yakkalik va jamoaviy mashqlarda oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishyapti.

Musobaqa davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?