Namanganda madaniy meros obyekti buzilib, oʻrniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi

17:27 09 Avgust 2022 Jamiyat
595 0

Foto: Bosh Prokuratura

Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan oʻrta asrlarga oid noyob madaniy meros obyekti buzilib, oʻrniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani Navkent mahallasida joylashgan «Oʻrdatepa» arxeologiya yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, oʻrniga oʻzboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda tarixiy yodgorlikka qariyb 72 mlrd. soʻmlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga koʻra, jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?