Namanganda Lacetti va Damas toʻqnashdi. Damasʻning 56 yoshli haydovchisi halok boʻldi

10:55 07 Avgust 2021 Jamiyat
414 0

Namangan viloyatining Pop tumanida Lacetti va Damas ishtirokida yuz bergan YTHda bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 4-avgust kuni soat 07:00 larda 4R-112 Fargʻona halqa yoʻlining 25 kilometrida, Pop tumani “Uchuyli” MFY hududida yuz bergan. 32 yoshli fuqaro Lasettiʼni ishonch qogʻozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, shu yoʻnalishda oʻzidan oldinda harakatlanib, yoʻlning chap tomoniga burilayotgan Damas bilan toʻqnashgan.

Oqibatda Damasʻning 56 yoshli haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat boʻyicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 4-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?