Namanganda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Foto: Illustrativ foto
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, “Toshkent – Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Pop tumanining Gʻurumsaroy qishlogʻida toʻxtatildi.
Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning yukxonasida boʻlgan avtomobil shinasi ichida 1 kg 874 gr. “opiy” moddasi borligi va u mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1991-y.t. fuqaroga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, ushbu ajal ogʻusi uchinchi shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga kontrabanda yoʻli bilan oʻtkazilgan.
“Namangan – Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan «Lasetti» rusumli avtomashina esa Pop tumanidagi “Namangan muntazam” YPX maskanida toʻxtatildi.
Avtomashina koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida yashovchi, 1970-y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaroga tegishli 901 gr. “opiy” moddasi borligi maʼlum boʻldi.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda uchinchi shaxslar tomonidan Qirgʻiz Respublikasidan Namangan viloyatining Uychi tumani hududiga oʻtkazilgan.
Boshqa bir holatda “Namangan muntazam” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirilgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1985-y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi «Lada Vesta» avtomashinasining orqa eshiklari qoplamasi ichiga joylangan 4704 dona «Regapen» va 1198 dona «Tropikamid» kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning koʻrsatmasi asosida Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1973-y.t. shaxsning yashash xonadonidan 3130 dona «Tropikamid» kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda olindi.
Mazkur noqonuniy ishga namanganlik qonunbuzar fuqaroning 1981-y.t., muqaddam sudlangan ukasi ham aralashgan va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qirgʻizistonlik fuqaro tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumaniga oʻtkazib berilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan DXX Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring