Namanganda ichki ishlar xodimlariga boʻysunmagan deputatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

20:01 17 Aprel 2020 Jamiyat
1275 0

arxiv foto

Namanganda deputat ichki ishlar xodimlariga boʻysunmadi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 15-aprel kuni soat 22:00 larda 1985-yilda tugʻilgan M.T. (tadbirkor, Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati) “Yangiqoʻrgʻon-Namangan” yoʻnalishi boʻylab harakatlangani holda, Namangan shahar “Yangiqoʻrgʻon” koʻchasida tashkil etilgan “Qizilrovot” blok postiga yetib kelib, ushbu postda xizmat olib borayotgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, ularga qarshilik koʻrsatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan 16.04.2020-yilda M.T.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер