Namanganda “Hugo boss” brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik korxonaning birinchi navbati ishga tushdi

Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyat iqtisodiyotida ustuvor oʻringa ega tekstil sanoatining yuksak salohiyati xorijiy tadbirkorlarni tobora koʻproq oʻziga chorlamoqda. Buni ayni kunda Germaniyaning “Waikiki”, Turkiyaning ”Baldessarini”, Ispaniyaning Zara” singari mashhur kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyor toʻqimachilik ishlab chiqarishining yoʻlga qoʻyilgani ham tasdiqlaydi. Ayni yoʻnalishdagi yana bir loyiha roʻyobga chiqarildi. Yaʼni «Fazman tekstil» masʼuliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “ Hugo boss” kompaniyasi koʻmagida Yevropa standartiga mos tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga kirishdi.
40 million AQSH dollariga teng qiymatdagi ushbu loyiha toʻla amalga oshishi bilan uch mingta ish oʻrni yaratiladi. Bugun foydalanishga topshirilgan birinchi bosqichda esa 1 yarim ming kishi doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Germaniya va Turkiyaning zamonaviy texnologik jihozlari bilan taʼminlangan korxonada “Hugo boss” brendi ostida yiliga bir million donadan ortiq kostyum-shim, erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-kechaklari tayyorlanadi. Mahsulotning asosiy qismi tashqi bozorga chiqarilib, 15 million AQSH dollari miqdorida eksport amaliyotlarini bajarish koʻzda tutilgan.
— Ayni paytda ushbu yoʻnalishda joylarda har biri mingdan ortiq ishchi oʻrniga ega yigirmadan ortiq yirik subyekt faoliyat olib bormoqda, — dedi yangi korxona taqdimotida soʻzga chiqqan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov. — «Fazman tekstil» masʼuliyati cheklangan jamiyati ham ana shunday salohiyati bilan bandlik dasturi ijrosiga munosib hissa qoʻshadi, albatta.
Davlatobod tumanida joylashgan korxonaning ochilish marosimida maxalliy boshqaruv idoralari raxbarlari, jamoatchilik hamda bir qator xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring