Namanganda chiqindidan elektr energiyasi olinadi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Ayni yoʻnalishda hamkorlik qilish boʻyicha Namangan viloyati delegatsiyasining joriy yil iyul oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida kelishuvga erishilgan edi.
Kuni kecha Xitoydagi yirik “Everbrignt environment Limited” kompaniyasi vakillari ushbu masala boʻyicha Namangan viloyatiga keldi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov qabuli chogʻida Chust tumanida joylashgan 10 gektar maydonda chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi hosil qilish loyihasi muhokama qilindi. Bu loyiha “Zarafshon” kichik sanoat zonasida amalga oshiriladi va ijrosi uchun qiymati 150 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya yoʻnaltiriladi. Uning ishga tushishi natijasida chiqindilardan samarali foydalanish barobarida 400 kishini yangi mehnat oʻrinlari bilan taʼminlash imkoniyati vujudga keladi.
— Mintaqa uchun yangilik boʻlgan ishlab chiqarish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichni 2025-yilning toʻrtinchi choragida, keyingisini esa 2026-yilning uchinchi choragida ishga tushirish koʻzda tutilgan, — deydi viloyat hokimining oʻrinbosari Okibjon Inomov. — Joriy yil oxirigacha loyihani rivojlantirish uchun 25 million dollarlik investitsiya oʻzlashtiriladi.
Ikki tomonlama samarali muloqotdan soʻng Xitoy delegatsiyasi loyiha joylashtiriladigan hudud bilan batafsil tanishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring