Namanganda chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Yangi chek” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.S. fuqaro X.M.ga jami 5 000 AQSH dollarini 56,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Mirzachoʻl tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar, “Birlik” koʻchasida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Sh.I. fuqaro A.T.ga jami 4 000 AQSH dollarini 45,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman dehqon bozori hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.X. fuqaro X.F.ga jami 3 300 AQSH dollarini 37 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 4 750 AQSH dollari, 55 250 Rossiya rubli va 23,7 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Pastdargʻom tuman boʻlimi tomonidan viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand tumani, “Chumchuqli” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.K. fuqaro F.X.ga jami 3 000 AQSH dollarini 33,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 3 790 AQSH dollari hamda 5,8 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring