Namanganda chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:13 22 Sentyabr 2022 Jamiyat
275 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Mingbuloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “Oʻrda” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.Gʻ. va S.V. fuqaro Z.ga 3 000 AQSH dollarini 33,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida ularning yonidan 3 348 AQSH dollari, 400 Tojikiston somoniysi, 145 turk lirasi, 4 740 qirgʻiz somi, 113 500 qozoq tengesi, 121 490 Rossiya rubli, 1 720 yevro va 6,1 mln soʻm ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Shu kabi, Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Hazorasp universal savdo kompleksi oldida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan R.K. fuqaro O.dan 3 000 AQSH dollarini jami 33 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch markaziy dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Q.Q. va D.S.lar oldindan oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.dan 3 000 AQSH dollarini 32,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?