Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan IIB va DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Namangan-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro X.Yu. umumiy bahosi 77,6 mln soʻmlik jami 9 950 quti xorijda ishlab chiqarilgan “MILANO” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Toshkent shahriga oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring