Namanganda 6 yoshli ixtisoslashtirilgan bogʻcha tarbiyalanuvchisi kuyish oqibatida vafot etdi

11:13 05 Aprel 2021 Jamiyat
1490 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda voyaga yetmagan U.U.Xoshimovning ehtiyotsizligi oqibatida kuyib vafot etganligi holati yuzasidan eʼlon qilingan video material tarqaldi.

Namangan viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Davlatobod tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 31-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanayotgan, 2015-yilda tugʻilgan Xoshimov Ulugʻbek Umarxon oʻgʻli 05.02.2021-yil kuni oʻzini ehtiyotsizligi natijasida muassasa issiq suv tizimidagi issiq suv jumragini ochib yuborishi natijasida 2-darajali 65 foiz kuyish tan jarohatini olib viloyat koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.

Voyaga yetmagan U.U.Xoshimov 27-fevral 2019-yildan buyon ushbu muassasada aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanayotganligi maʼlum boʻlgan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan voyaga yetmagan fuqaro U.Xoshimov kuyish natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida 24.02.2021-yil kuni vafot etgan.

Namangan viloyat STEBning 24.02.2021-yilgi 70-sonli xulosasida, marhum U.Xoshimovning oʻlimi - qaynoq suvdan bosh, yuz va tananing boshqa qismlarining 2,3-darajali 70% kuyishi asorati natijasida poliorgan yurak qon-tomir yetishmovchiligi natijasida oʻlimga olib kelganligi va murda tanasida kuyishdan boshqa tan jarohatlari aniqlanmaganligi koʻrsatilgan.

Mazkur holatga tergov yoʻli bilan baho berish zaruriyati tugʻilganligi sababli, Oʻzb. Res. JKning 116-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?