Namanganda 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz taʼminotida uzilishlar sodir boʻlayotgani maʼlum qilindi

Namangan viloyatida bugungi kunda aholi xonadonlarining 30 foizi tabiiy gaz, 70 foizi suyultirilgan gaz taʼminoti bilan foydalanmoqda. Bu haqda «Hududgaz Namangan» gaz taʼminoti filiali direktori Shavkatjon Otaxanov maʼlum qildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, noyabr oyining ikkinchi yarmida ob-havoning keskin sovib ketishi sababli tabiiy gaz isteʼmolining ortishi hamda magistral gaz tarmoqda gaz kelishi bosimining pasayishi oqibatida viloyatning 205 ta mahallasidagi 55 mingga yaqin xonadonda tabiiy gaz taʼminotida uzilishlar sodir boʻlmoqda.
Viloyatdagi tabiiy gazga ulangan jami xonadonlar soni esa 176 mingni tashkil etadi.
—Magistral quvurlarda gaz bosimi 6-7 atmosfera boʻlsa taʼminotda muammo yuzaga kelmaydi. Hozirgi kunda, afsuski, bu koʻrsatkich 1,0—2,5 atmosferani tashkil etmoqda, — deydi Sh.Otaxanov.
Otaxanovga koʻra, ayni paytda Turkmanistondan gaz import qilish boshlangan va buning hisobiga Namanganda ham holat ijobiy tomonga oʻzgarishi hamda gaz bosimi koʻtarilishi kutilmoqda.
Taʼkidlanishicha, viloyatda 99 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari boʻlib, ularga kuniga 861 ming kub metr gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Biroq, gaz bosimining pastligi va shoxobchalar 12 soatlik rejimga oʻtkazilgani sababli bu koʻrsatkich hozirda 318 ming kub metrni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, hukumat qarori bilan Namangan viloyatiga oʻtgan yilga nisbatan 15 ming tonna koʻp suyultirilgan gaz ajratilgan. Bundan 7 ming tonnasi noyabr-dekabr oylariga, 8 ming tonnasi esa kelgusi yilning yanvar, fevral va mart oylariga moʻljallangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Toshqulov rektorlar nobud boʻlgan 5 nafar talabaning janozasida qatnashib marhumlarning ota-onalariga moddiy yordam berilganini maʼlum qildi
- Kun fotosi: Buxoroda 1000 ta “konteyner uy” imtiyozli kredit asosida muhtoj oilalarga tarqatiladi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring