Namanganda 3100 nafardan ortiq maktab oʻquvchisi saylovda ishtirok etadi

Saylovlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida xalqning oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishi, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining muhim vositasi hisoblanadi. Unda faol ishtirok etish aholi siyosiy va huquqiy ongi hamda siyosiy madaniyatining yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Bu tadbir oʻz navbatida butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etishlari uchun imkoniyatlar eshigi demakdir.
22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarga Namangan viloyatida ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bugun viloyatning barcha shahar va tumanlari umumtaʼlim maktablaridagi 11-sinflarda saylovlar mavzuiga bagʻishlangan “Maʼnaviyat soatlari“ tashkil etildi. Mashgʻulotlarda saylovchilarning huquq va erkinliklari, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, saylovchilarning huquqiy madaniyati darajasini yanada yuksaltirish, targʻibot- tashviqot ishlari hamda “Saylov qonunchiligidagi yangiliklar” mavzularida oʻquvchi-yoshlarga keng tushuntirish berildi. “Men ham ovoz beraman!” , “Mening ovozim – Vatanim kelajagi”, “Men shaxsan oʻzim ovoz beraman!”, “Saylovchilar roʻyxatida bormisiz?” mavzularidagi turkum tadbirlar kelajagimiz egalarining boʻlajak muhim siyosiy tadbir haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamladi.
Maʼlumot uchun, viloyatdagi 705 ta umumtaʼlim maktablarining 3100 nafardan ortiq saylov yoshiga yetgan oʻquvchilari ovoz berishda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring