Namanganda 3 nafar 15 yoshli qiz kir yuvish mashinasini oʻgʻirlab sotdi
Namanganda voyaga yetmagan uch nafar qiz kir yuvish mashinasini oʻgʻirlab sotdi. Bu haqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
25-noyabr kuni qizlar Toʻraqoʻrgʻon tumani Turkiston mahallasiga yetib kelishdi. Oʻsha kuni ular 46 yoshli ayolning uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib, 1,5 million soʻmlik kir yuvish mashinasini oʻgʻirlab ketishgan.
Mazkur holat yuzasidan militsiya xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan ish qoʻzgʻatdi. Keyinroq guvohlar uy yonida “Jiguli” mashinasi va uch nafar qizni koʻrganliklarini aytishgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari kuzatuv kameralari yordamida haydovchining shaxsini aniqladi. Shuningdek, Yangi Namangan tumanidagi Guliston mahallasida 15 yoshli qizlar kir yuvish mashinasini 500 ming soʻmga sotgani maʼlum boʻldi.
Tergov protsessual tartib asosida olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring