Namanganda 25 yoshli fuqaro qoʻshni ayol bilan spirtli ichimlik isteʼmol qilib, soʻngra uni pichoqladi

23:30 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
433 0

Joriy yil 7-sentyabr kuni soat 23:30 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2014-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan sudlangan, 1996-yilda tugʻilgan fuqaro A.R. Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan tanishi B.N. bilan birga qoʻshnisi, 1968-yilda tugʻilgan ayolni yashash xonadonida spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda oʻzaro janjallashib qolib, fuqaro A.R. qoʻlida boʻlgan osh pichoq bilan B.N.ni boʻyin sohasiga bir marotaba urgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada B.N. ogʻir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 2021-yil 7-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?