Namanganda 24 ehtiyojmand oilaga bepul xonadonlar topshirildi

Foto: Халқ сўзи
Bundan bir necha yil avval faoliyat boshlagan “Namangan –saxovat” xayriya jamoat fondi ijtimoiy himoyaga muhtoj, xususan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar turmush sharoitini yaxshilashga yaqindan koʻmaklashmoqda. Yaqinda aholining ana shu qatlamiga mansub fuqarolardan 24 nafariga yangi bitkazilgan koʻp qavatli turarjoy binosidan xonadonlar kaliti tantanali topshirildi.
Eʼtiborli jihati shundaki, xayriya tariqasida taqdim etilgan xonadonlarning barchasi roʻzgʻor yuritish uchun zarur boʻlgan gilam-poyandozlar, oshxona buyumlari, hatto muzlatgichgacha boʻlgan jihozlar bilan toʻldirilgan.
— Davlatobod tumanining “Yuksalish” massivida 132 xonadonga ega 5 ta uch qavatli turarjoy binolari qurilishini oʻtgan yili boshlagan edik, — deydi fond faoli Maʼrufxon Moʻminov. — Qurilish ashyolari, binokorlik yumushlari xarajatini qoplashga yuzlab saxovatli yurtdoshlarimiz beminnat qoʻl choʻzishmoqda.
Ayni kunlarda ehtiyojmand insonlar uchun moʻljallangan va “Jannat qasrlari” deb nomlangan turarjoylar qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Ular ham yaqin vaqt orasida navbatma-navbat bitkazilib, oʻz sohiblariga topshiriladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring