Namanganda 209 million soʻm miqdoridagi aliment puli maxsus jamgʻarmadan toʻlab berildi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari ish yurituvida boʻlgan aliment undiruviga oid 24 ming 305 ta hujjat boʻyicha oʻtgan yili 104,3 milliard soʻm qarzdorliklar undirildi. Olib borilgan tushuntirish ishlaridan soʻng 94 ta ijro hujjati boʻyicha qarzdorlar voyaga yetmagan farzandlari uchun 3,4 milliard soʻm mablagʻni oldindan toʻladilar.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi “Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq, voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar jamgʻarma hisobidan qoplab berilayotganini ham taʼkidlash zarur. Xususan, Namangan viloyati boʻyicha 8 ta holatda qarzdor aliment toʻlovlarini toʻlamaslik oqibatida yetkazilgan 209 million soʻm zarar ushbu jamgʻarma orqali hisob-kitob qilindi.
— Misol uchun, Muhammadjon Abdullayev ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlovlarini toʻlamaganligi bois dastlab maʼmuriy jazoga, undan soʻng ham xulosa qilmagani uchun jinoyat ishlari boʻyicha Toʻraqoʻrgʻon tuman sudi hukmiga asosan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, jinoyat oqibatida yetkazilgan 45,9 million soʻm miqdordagi zararni undirish belgilangan edi, — deydi MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta inspektori Sohibjon Rapiqov. — Aynan yangi tashkil etilgan jamgʻarma hisobidan aliment toʻlovi undiruvchi nomiga ochilgan plastik kartaga oʻtkazib berildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring