Namanganda 11-sinf oʻquvchisi oʻz uyidagi elektr suv isitish qurilmalarini oʻgʻirlab ketdi

08:25 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
133 0

2021-yil 10 sentyabr kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1977-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 sentyabr kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs, oʻziga tegishli boʻlgan Namangan shahridagi uyida hech kim yoʻqligidan foydalanib, xonadon eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochib kirib, hovlisida boʻlgan 3 dona narxi 12.000.000 soʻmlik elektr suv isitish qurilmalarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, arizachini birga yashovchi oʻgʻli, Uychi tumanidagi maktabning 11-sinf oʻquvchisi, 2004-yilda tugʻilgan bola sodir etganligi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 11 sentyabr kuni Oʻz.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?