Namanganda 11-sinf oʻquvchisi “Lacetti”da ikki yoʻlovchini urib yubordi: ulardan biri vafot etdi

07:23 30 Aprel 2024 Jamiyat
217 0

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, natijada bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 20-aprel kuni soat 18:40 atrofida sodir boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, 17 yoshli 11-sinf oʻquvchisi amakisiga tegishli boʻlgan “Lacetti” avtomashinasini qonunga xilof ravishda boshqargan.

Bir payt oʻquvchi boshqaruvni yoʻqotib, qarshi yoʻlga chiqib ketgan va yoʻl chetida turgan ikki oʻquvchini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etgan, ikkinchisi yengil tan jarohatlari olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?