Namangan viloyatida “Men mahallam huquqshunosiman” loyihasi doirasida xayrli ishlar olib borilmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Men mahallam huquqshunosiman” loyihasi doirasida mahallalarda tushuntirish-targʻibot tadbirlari yoʻlga qoʻyildi. Ayni jarayonda tuman va shahar adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan oʻz mahallasidagi muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechimi boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish ishlari olib borilayotir. Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar bilan aholi keng qatlami tanishtirilmoqda.
Uchqoʻrgʻon tumani “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini qoʻshni Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Bu yerdagi 1 ming 756 nafar aholining asosiy daromadi dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq. Fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishda tuman adliya boʻlimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori hamkorligida izchil ishlar olib borilmoqda. Yuqoridagi loyiha doirasida tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan sayyor qabul» tashkil etilib, mahalla ahlining murojaatlari tinglandi. Ularning kredit ajratish, aliment undirish hamda bolalarga nafaqa pulini tayinlash boʻyicha masalalariga huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, uchta murojaat qoʻshimcha oʻrganish talab etgani sababli adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.
Ayon boʻlmoqdaki, joylarda “Men mahallam huquqshunosiman” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan uchrashuv va muloqotlar fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirishga munosib hissa qoʻshish barobarida aholi kundalik hayotidagi muammoli masalalarni hal etishda muhim omillardan biriga aylanayotgani eʼtiborga molik.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring