Namangan viloyati hokimining hindistonlik maslahatchisi biznesni toʻgʻri rivojlantirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi

“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namangan shahridagi “Oydin Plaza” mehmonxonasida viloyatda faoliyat olib borayotgan mehmonxona va sayyohlik agentliklari rahbarlari hamda sohaga kirib kelishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimining investitsiyalar boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan hindistonlik Mitesh Varma ishtirok etdi.
Tadbirda Mitesh Varma mehmonxona va turfirma brendini yaratish, sohani xalqaro standartlarga mos rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, mehmonxonalarda shart-sharoit yaratish orqali ular faoliyatini dunyo talablari darajasiga koʻtarish yuzasidan oʻz fikrlarini bayon qildi.
Seminar doirasida viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi Xurshid Abdumalikov va ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilgan muloqot ham tashkil etildi. Unda mehmonxonalarda sayyohlar uchun qoʻshimcha xizmatlarni joriy etish, yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan mehmonxonalar loyihalarini jadallashtirish, soha rivoji uchun taqdim etilayotgan imtiyozlardan keng foydalanish haqida soʻz bordi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring