Namangan shahrida oʻqituvchilaring malaka toifalari olib berishni vaʼda qilgan metodist ushlandi

18:19 26 Yanvar 2022 Jamiyat
629 0

Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Namangan shahrida oʻqituvchilarning malaka toifalari olib berishni vaʼda qilgan metodist pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xalq taʼlimi boʻlimi bosh inspektor-metodisti maktab oʻqituvchilarining ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali birinchi va ikkinchi malaka toifalarini olib berishni va'da qilib, buning evaziga pul talab qiladi. Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida metodist  500 AQSH dollari va 3,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Oldinroq, Fargʻonada firibgarlik yoʻli bilan pora olgan prokuror qoʻlga olingan edi. Shuningdek, Andijonda MIB xodimlari xizmat vazifasini bajarish chogʻida toʻrt ming dollar pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер