Namangan limonlari endi Yevropaga eksport qilinmoqda

12:13 24 Noyabr 2021 Jamiyat
197 0

Foto: Халқ сўзи

Namangan zaminida omilkor dehqonlar yetishtirgan limonlarning ilk turkumi Germaniya va Shveysariyaga joʻnatiladigan boʻldi. Ayni imkoniyat mahsulot uchun xalqaro GLOBAL GAP sertifikati olinganidan soʻng yuzaga keldi. Uni qoʻlga kiritgan “Valley fruits” kooperativi uchun endi Yevropa davlatlari bozorlari oʻz eshigini ochdi.

Darhaqiqat, limonchilik Namangan viloyatida jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biriga aylangan. Hosilning katta qismi avvaliga xonadon issiqxonalarida yetishtirilgan boʻlsa, oxirgi paytlarda dehqon xoʻjaliklarining ham serdaromad sitrus mevasiga qiziqishi kuchaydi.

Tadbirkor Zuhriddin Hoshimov rahbarligidagi “Valley fruits” kooperativi 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, meva-sabzavotlarni quritib-qayta ishlash va eksport qilish bilan shugʻullanadi. “Valley fruits” tomonidan joriy yilning oʻzida Norindagi 81 fermer xoʻjaligi hamda tomorqa yer egalari kooperatsiya asosida birlashtirilib, 250 tonna hajmida mahsulot jamgʻarildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?