Namangan davlat universitetida innovatsiya fakulteti quriladi

15:44 15 Fevral 2021 Jamiyat
287 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Namanganga safari davomida hududdagi OTMlar qatori Namangan davlat universitetida boʻlib, oʻquv jarayonlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Unga universitetda yangi quriladigan Innovatsiya fakulteti loyihasi taqdim etildi. Oliygoh olimlari bilan qizgʻin muloqot boʻldi. Ayni jarayonda vazir yangi innovatsion loyiha taqdimoti bilan ham tanishtirildi. Bu loyiha ekologik toza va tabiiy unsurlardan tarkib topgan fitodamlamalar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan boʻlib, inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Suhbat chogʻida A. Toshqulovdan mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ bilan qoʻllab-quvvatlashni, qolgan xarajatlar universitetni ichki imkoniyatlari hisobidan qoplanishi soʻraldi. Oʻz navbatida vazir bu taklifni albatta qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?