Namangan belbogʻli kurash boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi 

18:31 06 Sentyabr 2022 Sport
921 0

Joriy yilning 8-11-sentyabr kunlari ilk bor Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida milliy sport turimiz boʻlgan belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun erkaklar va ayollar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbogʻli kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi, Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati prokuraturasi, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu jahon chempionatida Gruziya, Belgiya, Eron, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Braziliya, Moldova, Hindiston, Moʻgʻuliston, Latviya, Estoniya, Qozogʻiston,Tojikiston kabi dunyoning qator davlatlaridan eng sara polvonlari ishtirok etadi. Unda erkaklar belbogʻli kurash va belbogʻli kurashning erkin yoʻnalishda 8 ta vazn toifasida kuch sinashsa, ayollar 5 ta vaznda bellashadi.

Mazkur jahon chempionati dasturiga koʻra, 8-sentyabr kuni hakamlar seminari va OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. 9-sentyabr kuni esa belbogʻli kurash boʻyicha gʻoliblar aniqlansa, 10-sentyabr kuni belbogʻli kurashning erkin yoʻnalishda bahslar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, 9-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kattalar (erkaklar va ayollar) oʻrtasidagi jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi ham oʻtkaziladi. Ayni paytda musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan sport delegatsiyalari kutib olinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?