Naima Yadigarova - “Adliya ayoli” tanlovining Namangan viloyat bosqichi gʻolibi

20:26 08 Avgust 2022 Jamiyat
311 0

Foto: Xalq so‘zi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu tanlov tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Uning tuman va shahar bosqichlarida sohada mehnat qilayotgan ayollarning dunyoqarashi va huquqiy bilimlari sinovdan oʻtkazilgan edi. Viloyat bosqichida 7 nafar ishtirokchi oʻrtasida kechgan bahslar yanada qizgʻin kechdi.

Tanlov jarayonida xodimlarning kasbiga boʻlgan sadoqati, bekalik mahorati amaliy tarzda sinovdan oʻtkazildi. Test sinovlarida ishtirokchilar mehnat faoliyatiga oid savollarga javob berdilar. Ular tomonidan qonunchilikka berilgan takliflar hakamlar hayʼati tomonidan eʼtirof etildi.

Yakunda Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlim boshligʻi Farogʻat Razzoqova uchinchi, Uychi tumani Davlat xizmatlari markazi aloqa operatori Shodiya Turgʻunova ikkinchi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Naima Yadigarova birinchi oʻringa munosib topildi.

Oldinda tanlovning yakunlovchi bosqichi. Poytaxtda boʻlib oʻtadigan bellashuvda Naima Yadigarova namanganliklar sharafini himoya qiladi.

 

Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?