Nafaqalarni “proaktiv shakl”da tayinlash tizimi joriy etildi

22:09 28 Yanvar 2023 Jamiyat
793 0

18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga toʻlanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimi joriy etildi.

Bunda Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari yoki OIV qarshi kurashish markazlari tomonidan bolada nogironlik aniqlanganda dasturiy majmua orqali nogironligi mavjud bola va uning qonuniy vakili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy majmuasiga yuboradi. “Pensiya” dasturiy majmuasida inson omili ishtirokisiz avtomatik tarzda nafaqa tayinlanadi va fuqaroga SMS tarzda xabar yuboriladi.

Bu orqali fuqarolarning idorama-idora yurish kabi ovoragarchiliklari bekor qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?