“My.dtm.uz”da nogironlik boʻyicha imtiyoz maʼlumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi

14:21 28 Iyun 2022 Jamiyat
2547 0

Illustrativ foto

Maʼlumki, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni roʻyxatga olish Davlat test markazining “my.dtm.uz” sayti orqali onlayn amalga oshirilmoqda. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

 Bunda nogironligi boʻlgan abituriyentlarning nogironlik boʻyicha maʼlumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.

 Lekin ayrim nogironligi boʻlgan abituriyentlarning maʼlumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli "my.dtm.uz" saytida nogironlik boʻyicha imtiyoz maʼlumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi.

 Nogironlik boʻyicha maʼlumotlar “Mening imtiyozlarim” boʻlimida chiqmagan holatlarda “Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma” boʻlimiga kirib, nogironlik maʼlumotlari kiritilishi mumkin.

 Bunda, koʻzi ojiz toifasidagi nogironligi mavjud abituriyentlarga nogironlik maʼlumotlarini kiritish bilan birga “Koʻzi ojiz” tugmasini belgilash talab etiladi.

 Kiritilgan maʼlumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasiga yuboriladi va maʼlumotlari tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?