Muzlatmaydigan muzlatgich mojarosi...

Deyarli xar kuni OAV yoki ijtimoiy tarmoqlarda «Isteʼmolchi huquqi» haqida soʻz boradi. Isteʼmolchilarga yaratilgan qulayliklar, demokratik jamiyatimizda isteʼmolchilarning qonuniy manfaatlari nechogʻliq himoyalanganligi va himoya qiluvchi tashkilotlar borligidan koʻpchilik xabardor. Shunday boʻlsa-da, oramizda isteʼmolchilarning huquqlarini poymol etayotgan, tadbirkorlik majburiyatlarini toʻla unutib qoʻygan va oʻrni kelganda madaniyat chegarasidan chiqib munosabat koʻrsatadigan tadbirkorlar xam uchrab turadi.
Buxoro viloyat Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi ishonch raqamiga kelib tushgan navbatdagi murojaat xam shu mavzuga aloqador. Isteʼmolchi Mohigul Qodirovaning aytishiga qaraganda fuqaro yaqinda Buxoro shahrida joylashgan “Artel” doʻkonidan shu rusumdagi muzlatgich xarid qilgan. Muzlatgichni uyga keltirib ishlatib koʻrish jarayonida muzlatgich muzlatmayotgani aniqlangan. Holatdan tadbirkorni xabardor etganligi, lekin hech qanday ijobiy yechim koʻrilmaganidan norozi boʻlib murojaat qoldirdi. Hududiy birlashmaning Huquqiy himoya sektori boshligʻi A.Boboyev muammoni shaxsan oʻrgandi va shu kunning oʻzidayoq muzlatgich sifatli taʼmirlab berildi. Isteʼmolchini ancha oʻylantirgan masala bir necha soatda oʻz ijobiy yechimini topdi.
Amirxon Ahmadov,
Oʻzbekiston IHHQJF Buxoro viloyati xududiy birlashmasi raisining
Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari,
Matbuot-axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori boshligʻi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring