Muzeylarning har kuni soat 22-00 gacha ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

19:27 26 Aprel 2022 Siyosat
727 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Turizm va madaniy meros vazirligiga ikki oy muddatda yangi muzeylar tashkil etish, xususiy muzeylar barpo etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bu maqsadlarga 50 million dollar jalb qilinadi.

Shuningdek, Turizm vazirligi viloyat hokimlari bilan birga:

- 4,5 mingdan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish;

- muzeylardagi noyob 2,5 ming eksponatni tanlab olib, ularning nusxasini tayyorlash va sotishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻradi.

Shu bilan birga, “Muzeyda tun” kabi 187 ta yirik madaniy-koʻngilochar, konsert-tomosha tadbirlari va usta-hunarmandlarning mahorat darsini oʻtkazish imkoniyatlari bor.

Buning uchun, muzeylarni har kuni soat 22-00 gacha ishlashiga ruxsat berish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер