Mutasaddilarga joylarda quyosh panellarini oʻrnatishda koʻzboʻyamachilik va “qoʻshib yozish” holatlarining oldini olish yuzasidan topshiriq berildi

18:19 28 Fevral 2024 Siyosat
176 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda tarmoq va hudud rahbarlari bugun belgilangan vazifalarning toʻliq va sifatli ijrosi uchun masʼuliyatini kuchaytirishi lozimligi, sustkashlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarga qatʼiy chora koʻrilishi taʼkidlandi.

Mutasaddilarga joylarda quyosh panellarini oʻrnatishda koʻzboʻyamachilik va “qoʻshib yozish” holatlarining oldini olish yuzasidan topshiriq berildi.

Shuningdek, kelgusi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni hozirdan boshlash, qancha tarmoq, qancha transformatorni taʼmirlash yoki yangilashga ehtiyojni aniq hisob-kitob qilib, tegishli dasturlarni ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер