Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi
Qonunchilikka koʻra, mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda oʻqishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
— tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
— oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga 1-iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.
Ariza va hujjatlar 7-iyungacha koʻrib chiqiladi.
Shunga koʻra, ishchi guruh xulosasi 10-iyungacha Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
Hujjatlar Qoʻmita tomonidan 14-iyungacha koʻrib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Ishchi guruh har yili 15-iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.
Kirish imtihonlari yakuniga koʻra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam boʻlmagan ballni toʻplagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etilgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring