Mutaxassis «omikron» qanday bemorlarda ogʻir oʻtishi mumkinligini maʼlum qildi

11:11 05 Sentyabr 2022 Jamiyat
519 0

Illustrativ foto

Pandemiya hali chekingani yoʻq. Koronavirusni yuqtirayotganlar soni ham hanuz yuqori. Shunga qaramay, odamlar avvalgidan ancha xotirjam. Koʻpchilik bu xastalik bilan yonma-yon yashashga koʻnikmoqda.

Chunki hozir dunyoda dominantga aylangan «omikron» shtammining qator variantlari bemorlarda nisbatan yengil kechyapti. Bu esa yangi mutatsiyalarning taʼsir kuchi susaygan, degan fikrlarga asos boʻlmoqda.

Biroq rossiyalik genetik Pavel Volchkov bu xulosaga qoʻshilmaydi. Mutaxassis izohiga koʻra, bugun koronavirus nisbatan yengil asoratlar bilan oʻtayotgani uning xavfsiz ekanligini anglatmaydi.

Aksincha, bu aholining ommaviy immuniteti oshib borayotgani natijasi. Negaki, hozirgacha koʻpchilik allaqachon COVID-19ga chalinib ulgurgan. Qolaversa, katta qatlam bu xastalikka qarshi emlangan.

Shu sababli tanamizda hosil boʻlgan antitanalar SARS-CoV-2ni yuqori nafas yoʻllarida bloklab, uning boshqa aʼzolarda keng tarqalishiga toʻsqinlik qilmoqda. Natijada kasallik yengilroq simptomlar bilan namoyon boʻlib, bemorlarning oyoqqa turish davri qisqaryapti.

‼️Lekin avval koronavirusga chalinmagan yoki bunga qarshi vaksina olmagan kishilar «omikron»dan tez va oson xalos boʻlishi xususida dalillar mavjud emas. Aksincha, bu variant oʻzi yetib bora oladigan deyarli har qanday hujayralarga infeksiyani yuqtirish xususiyatiga ega.

COVID-19ning oldingi shtammlari, jumladan, “delta” haqida toʻxtalsak, u birinchi navbatda pastki nafas yoʻllariga “hujum” qilishga moslashgan edi. Shu bois kasallik bemorlarda pnevmoniyani keltirib chiqardi.

Sababi, infeksiya pastki nafas yoʻllariga oʻtishi uchun virusning katta konsentratsiyasi kerak. Shu tufayli bu shtammning patogenligi yuqori edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?