“Musofir” xayriya marafoni koʻngilli yoshlarni birlashtirdi
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi “Musofir” xayriya marafonini oʻtkazdi. Marafon xorijda oʻqiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz hayotiga befarq boʻlmagan barcha yoshlarni faollikka chorladi.

Toshkent shahridagi “Ekopark” madaniy koʻngilochar markazida oʻtkazilgan marafonda poytaxtimizdagi OTM talabalari va xayriyaga hissa qoʻshishni istagan koʻngillilar ishtirok etdi.
— Pandemiya davrida xorijda istiqomat qilayotgan yoshlarimiz tomonidan Assotsiatsiyaga koʻplab moddiy tomonlama yordam soʻrab murojaatlar kelib tushdi. Biz iqtisodiy jihatdan barqaror boʻlgan yurtdoshlarimizdan kraudfanding usuli yordamida pul mablagʻlari yigʻib, ehtiyojmand yoshlarga yoʻnaltirdik. Bugungi marafondan asosiy maqsad yoshlarimiz oʻrtasida xayriya madaniyatini shakllantirishdan iborat. Xayriyaga kelib tushayotgan pul mablagʻlari shaffofligini taʼminlash maqsadida www.wayu.uz saytida Musofir xayriya loyihasi uchun maxsus platforma yaratilgan boʻlib, har bir pul mablagʻi oʻtkazgan odam hisobimizda qancha mablagʻ borligi va kimlarga yoʻnaltirganimizni kuzatish imkoniyatiga ega, — deydi Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Rahmatjon Umarov.
Dastavval “Musofir” xayriya loyihasi haqida tushuncha berildi. Shundan soʻng marafon boshlandi. Ishtirokchilar 2 km masofani bosib oʻtishdi. Gʻoliblarga homiylar va Assotsiatsiya tomonidan kubok, diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Qolaversa, marafon davomida turli koʻngilochar dasturlar tashkil etilgani yoshlarga manzur boʻldi. Muhimi, yoshlar xorijda qiynalib qolgan tengdoshlariga koʻmaklashish uchun birlashishdi va oʻz ehsonlarini taqdim qilishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring