Musobaqa gʻolib va sovrindorlari munosib ragʻbatlantirildi

12:45 21 Noyabr 2022 Sport
400 0

Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan sportning kurash turidan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqasi Nizomi tasdiqlangan.

Shunga koʻra, 2022-yil 10 — 17-sentyabr kunlari Xorazm viloyatida kurash boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqasining 1-mahalla bosqichi oʻtkazildi.

Mazkur musobaqalar 16-21 yosh toifasidagi ishtirokchilar erkaklar 46, 50, 60 kg. vazn toifasida, ayollar va qizlar 48, 52, 63 kg. vazn toifasida
22-26 yosh toifasidagi ishtirokchilar erkaklar 73, 81, 90 kg. vazn toifasida va ayollar va qizlar 63, 70, 78 kg. vazn toifasida kurash bahslarida ishtirok etishdi.

“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” musobaqasining mahalla bosqichi Xorazm viloyatidagi 526 ta mahallalardan jami 14320 nafar yoshlar kurash gilamiga chiqdilar. Ushbu musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, tumanlar va shaharlar mahallalaridan jami 6066 nafar yoshlar 2-bosqichga, yaʼni sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Joriy yilning 7-oktyabr kuni kurash sport turi boʻyicha Bosh prokuror kubogi musobaqasining 2-sektor bosqichi Xorazm viloyatidan jami 6066 nafar shundan 3033 nafar qizlar kurash gilamida bir birlari bilan kurashdilar. Gʻolib va sovrindor boʻlgan polvonlar 34 mln. soʻmdan ortiq sovgʻa va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shu yilning 28-oktyabr kuni kurash boʻyicha Bosh prokuror kubogi musobaqasining 3-bosqichi tuman va shahar prokurorlari rahbarligida yuqori saviyada tashkil etilib, mazkur musobaqaga sektor bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan 624 nafar yoshlar jalb etilib, shulardan 312 nafarini ayollar va qizlar tashkil etadi. Ushbu musobaqada 156 nafar yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.

2022-yil 14-noyabr kuni mazkur nufuzli musobaqaning 4-viloyat bosqichi Xorazm viloyati prokururaturasi va viloyat kurash federatsiyasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilib, 156 nafar yoshlar (shulardan 78 nafari ayollar va qizlar) musobaqada qizgʻin bahslar olib bordilar. Musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish uchun 16 — 21 va 22 — 26 yosh toifalari boʻyicha 12 nafar yoshlar saralab olindi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari Xorazm viloyati prokururaturasi tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Jumladan, 1-oʻrin gʻoliblari velosiped, 2-oʻringa sazovor boʻlgan yoshlar mikrotoʻlqinli pech va 3-oʻrinni egallagan kurashchilar elektr choynaklari bilan taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?