Murakkab vaziyatga tushib qolgan “Barselona”ga yordam berish uchun Xavi qaytmoqda
Foto: Reuters
Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubining sobiq futbolchisi yana Kataloniyaga qaytishi mumkin.
“Mundo Deportivo” nashrining yozishicha, ayni paytda Qatarning “Al-Sadd” klubi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Xavi tez orada “Barselona”ni boshqarishi kutilmoqda.
“Kataloniyalik sobiq futbolchi «Barselona”ni boshqarishga rozi boʻldi», deyiladi nashr xabarida.
Shu bilan birga, rasmiy tayinlash uchun tomonlar bir nechta jihatlar boʻyicha kelishib olishlari kerak. Birinchidan, Xavini “Al-Sadd” oldidagi majburiyatlardan ozod qilish masalasini hal qilishi, ikkinchidan, esa Xavining murabbiylar shtabi va aʼzolarining maoshini kelishib olishi kerak.
Kataloniya radiostansiyasi — “RAC1”ham Xavining roziligini tasdiqladi.
Ushbu manbaning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis xalqaro oʻyinlar uchun tanaffusdan soʻng “Barselona”ni boshqarishga kirishadi va 21-noyabr kuni jamoaning «Espanyol»ga qarshi oʻyinida bosh murabbiy sifatida debyut qilishi mumkin.
Xaver Ernandes Kreus (Xavi) 1980-yil 25-yanvarda Ispaniyaning Terrassa (Kataloniya) shahrida tugʻilgan. Prfessional futboldagi faoliyatini 1991-yilda “Barselona” yoshlar jamoasida boshlab, 2015-yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan. 2015-2019-yillarda esa Qatarning “Al-Sadd” klubida oʻynadi va foliyatini yakunlagandan boʻyon mazkur jamoada bosh murabbiylik qilmoqda.
Xavi futbolchilik faoliyati davomida Ispaniyaning barcha yoshdagi terma jamoalari sharafini himoya qilgan. Milliy jamoada 133 oʻyin oʻtkazgan futbolchi 2000-yilda Sidney Olimpiadasida kumush, 2009-yilda Janubiy Afrika Respublikasida oʻtkazilgan Konfederatsiyalar kubogida bronza, 2010-yilda mazkur davlatda tashkil etilgan jahon chempionatida oltin, 2013-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida kumush hamda 2008-yilda Avstriya/ Shveysariyada va 2012 Polsha/Ukraina uyushtirilgan Yevropa chempionatlarida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.
“Barselona” safida esa 8-marta mamlakat chempioni boʻlgan, uch bor Ispaniya kubogi, 6-marta Ispaniya Superkubogini, 4-marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini, ikki bor UYEFA Superkubogini va ikki marta klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritgan. “Al-Sadd” tarkibida esa 2018/19 yillarda Qatar chempioni boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring